Пятница
29.03.2024
12:04:25
Bosh sahifa
Saytga login bilan kirish
KICHIK-CHAT
500
Davomad!---->

XAMMA ONLINE 1
MEHMIN 1
FOYDALANUVCHI 0
IZOH FAOLLARI
Gulistan_city20
dyavol
Gulistan_city204195
KomilchiK
ALI
shoha
DeUs_AbDuLLaTiF
dj_dima_uz1839
Nurik
turtkul89
Bizning savol
SAYTIMIZGA NIMA UCHUN TASHRIF BUYURASIZ??
Всего ответов: 9

Farrux Xamrayev

MINNATDORCHILIK UCHUN  PASTDAGI YOZUVLARGA BOSING 

BUGUNGI  FAOLLAR 
  • ALI
  • KomilchiK
  • shoha
  • dyavol
  • Gulistan_city20
  • ULI
  • turtkul89
  • Gulistan_city204195
  • v1rus
  • dj_dima_uz1839

  •  Administratsiya 


    Login:Admin
    Ism:Abdullatif
    Lavozimi: Prezident va dizayner
    M-Agent:Агент@mail.rudeus_abdullatif@mail.ru

    XAZON

    Блог

    Главная » 2012 » Апрель » 9 » Shumidi ularning sevgisi???
    17:01:44
    Shumidi ularning sevgisi???

    Shumidi ularning sevgi
    qissasi ???
    Hammasi ertaklardagi kabi juda
    yahshi edi. Ikki sevishgan:
    sevish,sevilish degan his tuyg'uni
    totib ko'rishgandi.Bir birlarisiz
    hech turisholmasdi. Kechayu
    kunduz birga bo'lishga
    intilishardi. Oy nurlari ostida
    maroqli suhbat qurishgani
    qurishgandi.Bir birlarini yeru
    ko'kka ishonishmasdi, orzulari
    misli ummondek cheksiz edi. Har
    kuni tunda chinor ostiga kelishib,
    yangi chiqqan oyga qarab niyat
    qilishardi. Go'yoki bu dunyoda
    ulardan bahtli inson yo'q edi. Bir
    birlarini ortiqcha gap so'zsiz,
    urush janjalsiz tushunishardi.
    Uhlamasdan tongacha
    gaplashishardi.Tong otgach yana
    eski odat ila bir birlarini ko'rish
    ilinjida o'sha bekatga
    oshiqishardi. Bola har doim
    birinchi bekatga kelar, qiz ham
    yigit tomon asta jilmayib, yangi
    kuniga quvonch hadya qilish
    niyatida kelardi. Yana eski odatiy
    kun ila sayohat qilishib
    kechgacha aylanishardi. To'ylari
    borasida Shirin suhbat
    qurishardi,ba'zida hazil qilib
    urushib tortishishardi.
    Hayollarida bo'lajak jajjigina
    farzandlari bilan birga
    bo'lishlarini juda ham ko'p
    o'ylashardi. 2 sevishgan bahtli
    oyila bo'lishga juda ham
    ishonishardi. Bu sevgilariga
    hamma havas ko'zi bilan
    boqishardi. Oradan ancha kunlar
    kunlar ketidan oylar o'tdi. Nima
    bo'ldiyu ularni sevgilariga ko'z
    tegdi. Bolami yoki qizmi juda
    o'zgarib qoldi. 1 kunda emas bir
    haftada uchrashadigan bo'lishdi.
    Oldingiday orzular haqida suhbat
    qurushmay qo'yishdi. Qiz borgan
    sari o'zini yigitdan olib
    qochadigan bo'lib qoldi. Bola esa
    juda hayron bo'lib qolgandi. Ular
    uyiga ketishdi. Qiz endi umuman
    uchrashuvga kelmay qo'ydi. Bola
    esa qizga qo'ngiroq qilar, qizni
    telefoni esa o'chiq edi. Bolani har
    hil mingta o'ylar fikrlar qiynay
    boshladi. Iloji yo'q qizni
    honadoniga bordi. Ne ko'z bilan
    ko'rsinki Qiz oyilasi bilan u
    honadondan ko'chib ketgan edi.
    Qo'shnilaridan surishtirdi. Lek
    aniq javob ololmadi. Bola Juda
    tushkun vaziyatga tushib qoldi.
    Uyiga qaytib kelib ozgina dam
    olishga tushdi. Ertasi kuni bola
    ertalab o'rnidan turdida ming
    umidlar ila yana o'sha bekatga
    oshiqdi. 30 minutlar chamasi
    bola bekatga yetib bordi. Oradan
    sal vaqt o'tib va nihoyat qiz ham
    yetib keldi. Lekin qiz yolg'iz
    emasdi uni yonida bir bo'y basti
    kelishgan bola ham bor edi, bola
    qizni nozikgina qo'llaridan
    ushlab turardi! U ham maylikuya
    o'sha qizni oldida turgan bola
    qizdan bo'sa ola boshladi! Qiz
    esam bolaga beparvo emasdi!
    Buni ko'rib bola juda qattiq sho'k
    holatga tushdi. To'g'risi qizdan
    buni kutmagandi-da!!! Bola
    turgan joyida qotib qotib qoldi.
    Biroz vaqtdan keyin o'ziga kelib
    qizni astalik bilan uyigacha
    kuzatib bordi. Qiz Bir mahallaga
    kirdi. Qizni ma'shuqasi kuzatib
    qo'ydi. Va qizni uyini narirog'ida
    qoldirdi. Ma'shuqasi ketdi. So'ng
    haligi bola qizni ortidan borib
    nimaga unday qilganini
    bilmoqchi bo'ldi! Qizni oldiga
    kelib so'radi va lekin qiz:
    - Men siz bilan shunchaki bir
    havasga yurgan edim. Sizni
    umuman sevmaganman. Hamma
    va'dalarim yolg'on. Endi meni
    tinch qo'ying!
    - Nimalar deyapsan ahir! Nega
    meni aldading?? Nega o'shanda
    menga ochig'roq qilib
    aytmading?
    -Endi u narsalarga kelsam men
    sizni boyligizga, shon
    shuhratizga uchganman. Sizi
    sevgizga uchmaganman. Bo'ldi
    bas endi meni hayotimdan
    keting! Meni unuting!
    Qiz shu so'zlarni ayttiyu bolani
    turtib uyiga kirib ketdi. Bolaga bu
    gaplar juda qattiq og'ir botdi.
    Ko'zidan yosh to'htamasdi. Bola
    kechka yaqin ichib uyiga arang
    ahvolda kirib keldi. Uyiga kirishi
    bilan onasi bolani bunday
    ahvolda ko'rishi bilan o'zini
    yo'qotib qo'ydi, sababi hech
    qachon bola uyga mast holatda
    kelmagandi. Boladan so'ray
    boshladi nega bunday ahvolda
    ekanini tushuntirishini! Lekin
    bola onani gapiga be'parvo
    holda uyiga kirib ketdi. Bola
    tunning qoq yarmigacha yig'lab
    uhlab qoldi. Tong yorishdi soat
    7:00. Bola o'rnidan turib o'zini
    o'zi koyiy boshladi:
    "Qachongacha shunday
    yuraman?? Bu ahvolimdan nima
    naf?? O'zimi qiynaganim qolyapti
    halos. O'zimni o'zim o'ylamasam
    boshqa kim o'ylidi?? Ahir
    aytishadiku oyning15 qorong'u
    15 yorug' deb.
    Umidsizlanmasligim kerak!"
    U shu tariqa nonushtani qilib
    ishga bordi. Ishlarini yahshiladi.
    O'zini eplay oldi. Oradan ancha
    vaqt otdi , oy o'tdi bola ancha
    yahshi edi. Bir kun ish honasiga
    bir qiz keldi. Ne ko'z bilan
    ko'rsinki, bir
    go'zal pari kirib keldi.
    Ravshanning oldiga ya'ni o'sha
    bola yoniga ish yuzasida va
    ishga joylashish kerakligini
    aytdi. Ravshan esa qizni ko'rib
    hayolparast, parishonhotir
    bo'lib qolgandi. Ravshan umid
    qilgan narsa bugun uning
    huzuriga eshik qoqib kirib
    kelgandi. U bilardi bir kun kelib
    o'z malikasini uchratishini. U
    orzu qilgan qiz ro'parasida
    munchoq ko'zli qiz turardi. Bola
    u qizni taklifini rad etgisi
    kelmadi. Qizni ishga oldi, uning
    ismi Zahro edi. Zahroning ishi
    ham asta sekinlik bilan ko'rinib
    borardi. Nihoyat, Zahro o'zini
    ishda namuna sifatida ko'rsata
    oldi. Oradan ancha kunlar,
    kunlar ketidan oylar o'tib
    borardi. Ravshan qizga
    nisbatan iliq munosabatda
    bo'la boshladi. Zahroga tobora
    bog'lanib qolgandi, hayolida
    uning farishtadek kulishlari,
    so'zlashlari barq urib turardi.
    Zahro ham unga be'farq
    emasdi. Bir kuni Ravshan
    Zahroga do'st bo'lishni taklif
    qildi, uni taklifi be'samara
    ketmadi, uni qabul qila qoldi.
    Kuz fasli ham kirib keldi. Har gal
    kuz fasli kelganda Ravshanning
    ko'ngli tirnaladi, sababi u
    birinchi sevgisi bilan kuz faslida
    tanishgan edi. Uning yuragining
    tub-tubida bir alanga uchqun
    singari yonib turardi. Bu uchqun
    esa hech so'nmasdi, qancha
    harakat qildi, uni o'chira
    olmasdi. Vanihoyat Zahro uning
    yuragini egallay oldi. Kundan
    kunga Ravshan qizga bog'lanib
    borardi, do'stligi Sevgiga
    aylandi. Kuz faslining qoq
    yarmida Ravshan o'z bahtini
    topa oldi. Yuragidagi o'sha
    armon uchquni o'chdi. Ravshan
    bilardiki , bir kun kelib
    yorug'likka chiqishini! U
    shunaqangi ishga mukkasidan
    ketgandi, uyiga ham har
    doimgidek vaqtda kech kelardi.
    Bundan oyiladagilari ham
    hayron bo'la boshladi, sababi u
    hech bunday ishga
    berilmagandida, aslida u ishga
    emas Zahroni ko'rishga
    oshiqardi. Kunlar shu tobora
    hursandchilikda o'ta boshladi.
    Zahroni ham bolaga yani
    Ravshanga ko'ngilini tutqazdi,
    uni sevib qoldi. Ikki sevishgan
    bahli yashashga urinardi.
    Ravshan endi umuman ortga
    qarashni, o'tmishini eslashni
    hohlamasdi. Shuning uchun u
    olg'a qadam bosardi.
    28-Oktyabr. Ravshan bilan
    Zahro istirohat bog'ida
    uchrashadigan bo'lishdi. Bu
    uchrashuv bolani hayotini
    balkim o'zgartirib yuborar. Har
    doimgidek bola uchrashuvga
    aytilgan vaqtdan biroz oldin
    yetib keldi. Chamasi 5-10
    daqiqadan keyin Zahro ham
    yetib keldi. Biroz dildan suhbat
    qurgandan so'ng bog'ni
    aylanishga tushishdi. Bu
    uchrashuv bola bilan qizni
    yanada birlashtira olgandi.
    Bog'ni ichida sayr qilib
    yurishganda afsuski
    Ravshanning o'tmishdagi
    Sevgilisi uchrab qoldi. U bola
    bilan Zahroni ko'rdiyu ich
    ichidan alam qildi, qilgan
    ishidan afsuslandi, lekin bunday
    o'kinishlar Ravshanni ortga
    qaytarolmaydi. Zahro bilan
    bolaning uchrashuv vaqti o'z
    nihoyasiga yetdi. Ravshan
    Zahroni uyiga olib borib qo'ydi.
    Va bola ham uyiga keldi, lekin
    uyiga kelganda uni o'tmishdagi
    Sevgilisi to'htatishga tushdi:
    -Ravshan aka gaplashib olsak
    bo'ladimi?!?
    -Iye , siz kimsiz yahshi qiz? Meni
    kimlargadur adashtiryabsiz
    chog'i!
    -Ravshan aka iltimos
    tushuntirishimga imkon bering!
    - Ravshan aka? Qanaqa
    Ravshan aka. Meni o'sha kuni
    pichoqsiz so'ygansan, tiriklayin
    go'rga tiqding. Yana nimani
    tushuntirib berasan??
    -Meni eshiting iltimos, o'sha
    kuni qizishib ketgandim, U Bola
    meni tashlab ketgandan keyin
    sizni qadringizni bildim. Meni
    sizdan boshqa hech kim
    sevmagan ekan. Iltimos meni
    kechiring menga imkon bering!
    - Nimalar deb aljirayapsan?!?
    Men seni sevardim, lekin hozir
    seni unutganman. Nima men
    shunchalik ahmoqmanmi? Meni
    bu gaplarga ishonadi deb
    o'ylaganmiding. Chuchvarani
    hom sanabsan Sen men uchun
    o'lgansan. Endi seni yo'ling
    ochiq! Meni unutgin. Hayr.
    U shu gapni ayttiyu uyiga kirib
    ketdi. Bola yana ishga yo'l oldi.
    Soat 8:20. Ish honaga yetib keldi.
    Kayfiyati erta tongdan juda
    yahshi edi.
    -Assalomu alekum Ravshan aka!
    Hayrli tong!Yahshimisiz? Yahshi
    dam oldingizmi??
    - Va aleykum assalom, beozor
    farishtam Zahro! Ha, rahmat
    Allohga shukur yahshi.
    O'zingizdan so'rasam ahvoliz
    yahshimi??
    - Rahmat, Kechagi uchrashuv
    juda maroqli o'tdi-da! Sizga
    buning uchun tashakkur izhor
    etaman. Judayam zo'r bo'ldi.
    - E qo'ysangchi farishtam! Hali
    rahmatga loyiq ish qilmadim-ku!
    Kuning maroqli o'tganidan
    hursandman. Ha, aykancha ish
    natijalar varaqasini menga olib
    kirgin. Biroz chala ishlar bor.
    Ko'zdan kechirib chiqishim
    kerak!
    - Ho'p bo'ladi Ravshan aka! Hozir
    olib kiraman!
    Shu tariqa bola ishni ko'rib
    chiqib uni bitirib o'yga tola
    boshladi. "Kecha Nega menga
    Malika birdan kechirishini talab
    qildi?? Nega ?? Ahir u meni
    unutgan ediku! Meni sevmas
    ediku! Nega?? " shu o'ylar uni
    tinch qo'ymas edi. Ravshan o'sha
    damda qizdan yani o'tmishdagi
    Malikasidan juda qattiq
    ranjigandi. Qolaversa undan
    judaham qastlashandi. Alamini
    olish rejasini tuza boshladi. Soat
    12:26. Birdan telefon qo'ng'irog'i
    bo'ldi. Qarasa notanish nomer.
    -Alo! Eshitaman.
    -Alo! Iltimos go'shakni qo'yib
    qo'ymang. Gaplarimni eshiting.
    Kecha tushuntirishimga imkon
    bermadiz.
    -Kim bu?? Tanimadim.
    Tushuntiribroq gapiring! Qanaqa
    tushuntirish??
    -Men Malikaman Ravshan aka!
    Kechagi ishni ohiriga yetqazib
    qo'yishni istadim, shuning uchun
    qo'ng'iroq qilgandim.
    -Haaaa. Senmisan! Ho'sh yana
    qanday gap qolib ketdi ekan??
    Qulog'im senda!
    - Menga imkon bering. Meni
    kechiring Ravshan aka! Iltimos
    meniham tushuning! Vaqt
    bering, hammasini isbotlayman,
    sevishimni ham!
    Shu vaqtda bolaning hayoliga bir
    fikr keldi-yu! Va qizga imkon
    berdi. Ravshan shunday reja
    qilgandiki faqat Qizdan qastini
    olish va qizni o'ziga ko'ndirib hor
    qilib tashlab ketish edi. Shu tariqa
    kunlar o'ta boshladi. Har kunh
    Malika Ravshanga telefon qilardi.
    Malika shunday gaplarni gapirar
    ediki, bola uning gapidan hayron
    bo'la boshladi chunki
    o'tmishdagi kunlarda ham qiz
    bunday shirin qalbni eritadigan
    gaplarni gapirmas edi-da!!! Bola
    ham o'zini oldingiday tuta
    boshladi, lekin bu ishi haqiqiy
    emas sohta edi. Qizni butunlay
    unuta olib qalbidan chiqara ola
    olgandi. Shu shu qiz Ravshanga
    chinakam bog'lanib qoldi. Bu
    shanstan bola yani Ravshan
    foydalanmoqchi bo'ldi. Tushlik
    vaqti . Qizdan bolaga qo'ng'iroq
    keldi.
    - Alo Assalomu alekum Ravshan
    aka! Uchrashsak bo'ladimi??
    - Vo alekum Assalom. Ha, albatta .
    Qayerda uchrashamiz?
    - Har doimgidek o'sha kafeda .
    Chamasi 30 daqiqadan so'ng.
    - Aha tushunarli. Unda 30
    daqiqadan so'ng ko'rishamiz.
    Hayr.
    Bola go'shakni qo'ydiyu . Birdan
    g'alati bo'lib tushkunlikka tushib
    qoldi. O'ziga qarab kiyinib, kafe
    tomon yo'l oldi. Har doimgidek
    bola kafega Erta yetib keldi. Biroz
    vaqttan keyin qiz ham bola
    tomonga chiroyli ko'ylakda,
    Yuzlari pardozlangan. Yurishlari
    ham o'zgargan holda kela
    boshladi. Bolani yoniga kelib
    o'tirdi. Bola bilan suhbatga
    kirisha boshladi. Nozlanib,
    hursinib gapira boshladi. O'tkan
    muhabbat hotiralarni esga oldi.
    Gap so'zidan bola angladiki qiz
    o'zgargan lek sezilarli darajada
    emas. Boshlandi milodramma,
    yolg'on aralash programma.
    Lekin bu gaplar, nozlanishlar endi
    bolaga o'tmidi. Oppoq libosli
    shayton farishta bo'lomidi. Qiz
    bolani ko'zlariga boqib nimanidir
    izladi. Lekin aniq ko'zidan o'zini
    topolmaydi. Sababi endi bolani
    ko'nglini sindirib bo'lgandi.
    Ancha vaqt suhbatdan keyin bola
    gapira ketdi.
    -Sevgi sen uchun hech qanday
    narsamas. O'zingdan o'zing
    nimalar deyapsan. Nima meni
    shu yolg'oninga ishonadi deb
    o'ylaysanmi?? Men seni o'sha
    vaqtda unutganman. Boyadan
    beri baht haqida gapirasan.
    Menga qaragin o'zi baht nima??
    Shu turising bahtmi qani ayt?
    O'tirishini qara senga
    achinaman . Shu gaplarsiz ham
    kìmligini bilaman. Qani endi
    o'rningdan turginda ket! Meni
    unut. Hayr .......
    Muallif: Deus_Admin!
    Прикрепления: Картинка 1
    Просмотров: 1035 | Добавил: ADMIN | Теги: image | Рейтинг: 0.0/0
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Saytdan izlash
    Kalendar
    «  Апрель 2012  »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
          1
    2345678
    9101112131415
    16171819202122
    23242526272829
    30
    FORUM FAOLLARI
    Gulistan_city20

    Postlar: 680
    dyavol

    Postlar: 600
    ALI

    Postlar: 6
    KomilchiK

    Postlar: 6
    turtkul89

    Postlar: 6
    DeUs_AbDuLLaTiF

    Postlar: 0
    dj_dima_uz1839

    Postlar: 0
    Nurik

    Postlar: 0
    ULI

    Postlar: 0
    v1rus

    Postlar: 0
    SAYTIMIZ HAMKORLARI
  • Hazon.Uz - Muhabbat Dunyosi
  • XAMMA KERAKLI PROGRAMMALAR